«Real» himoyachisi Serxio Ramos jamoada qolishni istamoqda, deb xabar bermoqda ABC.
«Qaymoqranglilar» sardori har qanday holatda ham ikki yillik shartnomani istaydi, shuning uchun futbolchi ish haqining 10 foizga qisqarishiga ham rozi.
Madrid klubi hanuzgacha 35 yoshli futbolchiga bir yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
Markaziy himoyachining «Real» bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi.
Malumot uchun, joriy mavsum Ramos La Ligada 15 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urishga muvaffaq bo'lgan.