Evropa chempionlar ligasining yarim final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan o'yinlar yakunlari bo'yicha ushbu haftaning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga da'vogarlar e'lon qilindi.
Ngolo Kante ("Chelsi" yarim himoyachisi) — "Real"ga qarshi o'yinda (1:1) bergan uzatmalarining 86 foizini aniq bo'ldi.
Karim Benzema ("Real" hujumchisi) — "Chelsi"ga qarshi bahsda (1:1) hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi.
Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti" yarim himoyachisi) — "PSJ"ga qarshi uchrashuvda (2:1) bitta gol urdi va uzatmalarining 82 foizi aniq bo'ldi.
Anxel di Mariya ("PSJ" yarim himoyachisi) — "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (1:2) raqib darvozasi tomon bitta aniq zarba yo'lladi.