"Real" yarim himoyachisi Eden Azarning sobiq agenti Jon Biko belgiyalik futbolchi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Eden Azar «Barselona»ga o'tishi kerak edi. «Barsa» safida u o'zini ancha erkin his qilgan bo'lardi. Chunki unga maydonda erkinlik ko'proq berilardi, u esa jahonning eng yaxshi futbolchisiga aylagan bo'lardi», — dedi Biko.