"Real" hujumchisi Karim Benzema Evropa chempionlar ligasining yarim final bosqichida "Chelsi"ga qarshi o'yinda (1:1) bitta gol muallifiga aylandi.
Frantsiyalik futbolchi uchun mazkur gol Krishtianu Ronaldu jamoani tark etganidan buyon musobaqadagi 15-gol bo'ldi. Portugaliyalik futbolchining o'zi esa 2018 yilda "Yuventus"ga o'tganidan buyon EChL doirasida 14ta gol urdi.
33 yoshli Benzema Chempionlar ligasidagi umumiy gollari sonini 71taga etkazib, "Real"ning sobiq forvardi Raulga etib oldi. EChLda faqat uch futbolchilar ulardan ko'proq gol urishgan: Ronaldu (134 gol), Lionel Messi (120) va Robert Levandovski (73).