"Men Zidandan ko'p narsalarni o'rgandim. U ajoyib o'yinchi bo'lgan va hozirda ajoyib murabbiydir. Zidan biz nafaqat maydonda, balki uyda ham o'zimizni yaxshi his qilishimiz uchun barcha narsani qiladi. U ko'p bor bizdan oilamiz haqida so'raydi. Futbolchining uyida barchasi yaxshi bo'lsa, o'yinda ham barcha ajoyib bo'ladi deb o'ylayman", - deydi Vinisius.
20 yoshli braziliyalik futbolchi "Real" safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Vinisiusning Madrid grandi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.