"Galaktikos" matbuot xizmatining xabar berishicha, franciyalik murabbiy "aristokratlar"ga qarshi o'yinda 22 nafar o'yinchiga, shu jumladan uchta darvozabonga ishonadi.
Yaqinda koronavirus tashxisi qo'yilgan yarim himoyachi Federiko Valverde bo'lajak uchrashuvda sheriklariga yordam bera olmaydi.
Darvozabonlar — Kurtua, Lunin, Altube;
Himoyachilar — Karvaxal, Militao, Varan, Nacho, Marselo, Odriosola, Migel;
Yarim himoyachilar — Kroos, Modrich, Kazemiro, Isko, Arribas, Blanko;
Hujumchilar — Azar, Benzema, Asensio, Vinisius, Mariano, Rodrigo.