"Valensiya" klubi himoyachisi Xose Luis Gayya yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirish mumkin, deya xabar bermoqda "Todofichajes" nashri.
Manbaning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchini "Atletiko" jamoasi o'z safiga qo'shib olishni istamoqda va u uchun 25-30 million evrodan voz kechishga tayyor.
Oldinroq, ispaniyalik himoyachiga "Barselona" "Real" va PSJ klublari tomonidan ham qiziqish bo'layotgan edi.