«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining 5ta o'yindan iborat diskvalifikatsiyasiga baho berdi.
«Bunday vaziyatga befarq qarab bo'lmaydi. Beshta o'yin! Bu haddan tashqari ko'p, kulgili va buning nomini quvg'in qilish deyiladi! Qo'llab-quvvatlagani uchun jamoadoshlarim va muxlislarga rahmat», — deya yozdi Ronaldu o'zining «instagram»ida.
Ma'lumot uchun. Ronaldu Ispaniya superkubogi doirasida «Barselona»ga qarshi bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda hakamni turtgani uchun 5ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bitta o'yin qizil kartochka uchun, 4ta o'yin hakamni turtgani uchun "berildi". Jazo Ispaniya La ligasi bahslariga ham tadbiq qilinadi.
Shu tariqa, Ronaldu «Barselona»ga qarshi Ispaniya superkubogi javob o'yinida «Real»ga yordam bermagan bo'lsa, shuningdek, u La Liganing «Deportivo» (20 avgust), «Valensiya» (27 avgust), «Levante» (9 sentyabr) va «Real Sosedad» (17 sentyabr) bilan o'yinlarda maydonga tushmaydi.