Real Madrid prezidenti Florentino Peres Evropa Superligasi muvaffaqiyatsiz tugagandan so'ng UEFAni sudga bermoqchi.
Dastlab, Evropaning 12 top klubi yangi musobaqa ta'sischilari edi.
Ammo futbol federatsiyalari va assotsiatsiyalarining bir qator murojaatlaridan so'ng, shuningdek UEFA va FIFA tomonidan sanktsiyalar tahdididan so'ng, ushbu klublar birin-ketin turnirda qatnashishni rad etishni boshladilar.
Manbaga ko'ra, aksariyat klublar loyihada ishtirok etishdan bosh tortganiga qaramay, Superligada yuridik shaxs sifatida mavjud bo'lib kelmoqda. Peres UEFA xatti-harakatlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzmoqda deb hisoblaydi.
Shu sababli, Madrid klubi rahbari UEFA barcha Evropa turnirlarining tashkilotchisi bo'lishga haqli emasligiga amin va u bu borada sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.