Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan kechagi durang natijadan so'ng, klubning chempionlik uchun imkoniyatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bizda hech qanday jismoniy muammolar bo'lmagan. So'nggi o'yinlarda yaxshiroq holatga ega bo'ldik. Menimcha, qolgan o'yinlarda raqiblar maksimal ochkolarni qo'lga kiritishadi. Ammo ular shunday qilishsa, biz chempion bo'la olmaymiz", - deydi Zidan.
Mavsum tugashiga besh tur qolganida "Real" Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va bitta kam o'yin o'tkazgan "Atletiko"dan ikki ochko ortda qolmoqda. Shu bilan birga, "Real" "Barselona"dan uch ochko oldinda, ammo kataloniyaliklarning zaxirasida ikkita uchrashuv bor.