"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida bo'lib o'tadigan "Real"ga qarshi o'yin arafasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Real"ga qarshi o'yingacha tiklanish uchun ixtiyorimizda bor-yo'g'i 2 kun vaqt bor. Juda ehtiyotkorlik bilan ishlashimiz kerak. "Real" — Chempionlar ligasining so'nggi o'n yillikdagi eng asosiy klubi. Bu o'ziga xos o'yin bo'ladi. "Madrid"ga qarshi o'yinga o'zimizga ishongan holda chiqishimiz kerak. Biz musobaqaning ushbu bosqichida kurashishga tayyormiz", - dedi Tuxel.
"Real" va "Chelsi" jamoalari o'rtasidagi o'yin 27 aprel kuni bo'lib o'tadi. Javob bahsi esa 5 may kuni Londonda o'tkaziladi.