«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasining 32-turi doirasida bo'lib o'tgan «Betis»ga qarshi o'yin (0:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Ishga borimizni beryapmiz. Ammo bugun qoqildik. Mavsum davomida ko'p marta ochko yo'qotdik. O'zimizga ishonishda davom etishimiz kerak. Qanday holat yuz bermasin, oxirigacha boramiz.
Azar borasida shuni aytishim mumkinki, uni hozirda hech narsa bezovta qilmayapti. Eng muhimi shu. U jamoaga o'z hissasini qo'shishiga ishonamiz», — dedi Zidan.
Ayni paytda «Real» peshqadam «Atletiko»dan 2 ochko orqada, "Barselona"dan esa 3 ochko oldinda bormoqda. Ammo Zidan jamoasi hamshaharlaridan bitta, «ko'k-anorranglilar»dan esa 2ta ko'p o'yin o'tkazgan.