UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Evropa Superligasi a'zoligidan chiqmagan klublar haqida gapirdi.
Associated Press nashrining xabar qilishicha, «Real», «Barselona», «Yuventus» va «Milan» klublari loyihani tark etmagan.
«Hammasi ayon, klublar Superliga yoki Evropani tanlashi kerak. Agar ular ‘Biz Superligadamiz’ desa, u holda, albatta Chempionlar Ligasida ishtirok etmaydi. Agar ular bunga tayyor bo'lsa, o'zining musobaqasida bemalol o'ynayverishi mumkin», — deydi Cheferin.
Avvalroq APLning olti klubi, «Atletiko» va «Inter» Superligani tark etishini ma'lum qilgandi. «Milan» va «Yuventus» esa ayni damda loyihani amalga oshirishning iloji yo'qligi haqida bayonot bergandi. «Barselona» esa yaqinda Superliga a'zoligidan chiqmasligini ma'lum qildi.