Ispaniyaning "AS" nashri xabar berishicha, Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa sardori Sergio Ramos bilan shartnomani uzaytirish boyicha navbatdagi muzokaralar ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Endi klub himoyachi bilan muzokara o'tkazish befoyda deb hisoblamoqda va yozda uni erkin agent sifatida qo'yib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli himoyachi bu mavsum qirollik klubi safida jami 20 uchrashuvda maydonga tushib 4 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 1 golga asistni hisobiga yozdirib qo'ydi.