"Arsenal" klubi yozgi transferlar oynasida "Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Yulian Brandtni o'z safiga qshib olishga urinib ko'radi.
"Kanonirlar" Edegorning transfer huquqini "Real"dan sotib olmoqchi edi, ammo "qirollik klubi" so'ragan katta miqdordagi pul klub rahbariyatini ikkilantirmoqda.
Shu sababli, London klubi boshqa varintlarni ham ko'rib chiqmoqda va ular orasida Brandt nomzodi ham bor.
"Bild" nashrining xabar berishicha, nemis futbolchining narxi ham "Arsenal" uchun juda qulay.