La Ligada mavsum yakunlanib borayotgan bir paytda 3 ta klub bosh sovrinni qo'lga kiritishga deyarli bir xil imkoniyatga ega. O'rganib qolganimiz "Barselona" so'nggi 10-15 yil ichida bu sovringa yaqqol da'vogar bo'lar edi. Bazida "qirollik klubi"ning ko'ngli Ispaniya chempionligini tusab qolmagan taqdirda, ko'proq "ko'k-anorranglilar" bu sovrinni deyarli o'ziniki qilib olayotgan edi. Ayni dam bu sovringa kim yaqinroq deb o'ylaysiz? Yakunda kim mazkur turnir g'olibi bo'ladi? Demak, farazlar aralash, shaxsiy yondashuvga doir fikrlar bilan o'rtoqlashib o'tamiz.
"Atletiko"
Mazkur jamoaning ham yurtimizda ayni dam etarlicha muxlislari mavjud va agar ayni dam ular ko'proq ochko to'plaganiga qaramay, "Real" va "Barsa" bilan imkoniyatlari bir xil desam o'sha muxlislar xafa bo'lmasa kerak. Bir necha tur avval Simione shogirdlarini allaqachon chempionga chiqarib qo'yganlar ham bor edi, ammo ketma-ket ochko yo'qotishlardan so'ng, ortdagi ikki grand "Atetiko"ga etib oldi. Klub stabillik namoyish eta olmayotgan va o'rtamiyona jamoalarga ochko ulashayotgan bir paytda, ular tomonda bo'lgan 1-2 ochkolik ustunlikni o'ta darajada minimal deb hisoblasak ham bo'ladi.
"Real Madrid"
El-klasiko"dagi g'alabadan so'ng tarozi pallasi "Real" tomonga og'gandek taassurot qoldirdi. Aslida, bu bir illyuziya yo bir yolg'on taassurot bo'lib chiqdi yoki umuman madrid klubi shunchaki kichik bir xatoga yo'l qo'ydi desak ham bo'ladi. Ayni dam ular matematik imkoniyatlar bo'yicha uchinchi bo'lib turibdi, lekin Zidan kabi "grossmeyster" bor ekan matematik xisob-kitoblar ham ish bermay qolishi mumkin. Zidan o'tgan mavsumda ham xuddi shunday poygada "Barsa"ni maxf etib ketgan edi, ammo Kataloniya klubi mavsum yakunida yaxshi temp olmoqda va yana "Atletiko" ham "chempion bo'laman" deb turibdi. Shunday ekan, o'tgan yilgi ssenariy takrorlanishi ehtimoli biroz past.
"Barselona"
"Barselona" "el-klasiko"ni boy berdi va klubda bir qarashda imkoniyatlar pasayib ketgandek tuyuldi, ammo klub qayta oyoqqa tura oldi. "Real"ning ochko yo'qotishi ham qisman bunga sabab bo'ldi. Ispaniya kubogini yutgan "blaugrana" endi La Liga uchun kurashib ko'radi. Co'nggi turda ular "Xetafe"ni 5-2 hisobida mag'lub etdi. Navbatdagi bahslardagi 100 foizlik natija klubni chempion qiladi. Chunki, raqiblar ichida aynan peshqadam "Atletiko" ham bor. Shu kayfiyatda va shunday darajada o'yin ko'rsatsa buni amallasa bo'ladi.
Ana endi bir o'ylab ko'ring, mazkur vaziyatda qaysi jamoani yaqqol favorit sifatida ko'rsata olasiz? Xolis baho bergan taqdirda, barcha klublar teng imkoniyatlarga ega. Bu esa muxlislar uchun esa juda qiziq. Xullas Xayrulla Xamidov aytganidek: "qip-qizil cho'g'ga burkangan La Liga hali beri ortga chekinmaydi".