Germaniyaning "Der Spiegel" nashri Evra superligasi ishtirokchi klublari o'rtasida tuzilgan shartnomaning ayrim bandlarini e'lon qildi.
Unga ko'ra, «Real» va «Barselona» klublari dastlabki ikkita mavsumda qo'shimcha 60 mln evro miqdorida kompensatsiya olishlari kerak edi. Ular dastlabki mavsumdan so'ng 30 million evrodan, ikkinchi mavsumdan keyin ham yana shunchadan qo'shimcha mablag'ga ega bo'lishlari ko'zda tutilgan edi.
Eslatib o'tamiz, mazkur ikki klub Superligada qolishini ma'lum qilishdi. Qolgan 10ta jamoa esa loyihani tark etdi.