PSJ «Real» markaziy himoyachisi Rafael Varanni qo'lga kiritish uchun kurash olib boradi.
AS xabariga ko'ra, frantsuzlar 27 yoshli futbolchining o'zi bilan bu borada gaplashib olgan. Biroq uning o'zi «qirollik klubi» bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda. Rahbariyat bilan esa maosh borasida kelishish qiyin bo'lyapti.
Eslatib o'tamiz, Varanning «Real» bilan amaldagi bitimi 2022 yilgacha mo'ljallangan.