Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoasining Evrokuboklardan chetlatilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabatini bildirdi.
«Bu absurd. Bizda EChLda o'ynash uchun imkoniyat saqlanib qolgan. Kelasi mavsum ham biz ushbu musobaqada hech qanday to'siqlarsiz o'ynay olamiz. Bunga kafolat beraman», - deya Zidanning so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca.
Eslatib o'tamiz, UEFA Superliga tashkilotchi klublarini, jumladan «Real» va «Yuventus»ga qarshi saktsiyalar qo'llamoqchi edi. Biroq bu keyin bekor bo'ldi.