Madridning «Real» klubi etakchilaridan biri Serxio Ramos jarohatidan forig' bo'lib safga qaytdi.
Buni u Tvitterdagi rasmiy sahifasida bayon qilgan. Serxio muskullari bilan bog'liq jarohat tufayli ketma-ket 7 ta o'yinda maydonga tusha olmadi. Orada koronavirusga ham chalingan edi. U oxirgi marta 16 mart sanasida maydonga tushgan edi.
Endi Ramos mashg'ulotlarda faol tarzda ishtirok etmoqda.