Ispaniyalik funkcioner musobaqa g'oyasini 20 yildan beri muvaffaqiyatli o'tkazib kelinayotgan basketboldagi Evroligaga qiyosladi.
“Basketbolda bu uzoq vaqtdan beri normal davom etmoqda. Ispaniya chempionati esa Evroliga bilan parallel ravishda o'tkaziladi va buning hech qanday yomon tomoni bo'lmayapti.
Evroligani Greciya, Turkiya, Rossiya klublari yaratgan. “Bavariya”da basketbol jamoasi ham bor va ular Evroligada o'ynaydi.
Xo'sh, muammo nimada? Futbol basketboldan farq qiladimi yoki men tushunmaydigan boshqa sabab bormi? Bu juda muhim: basketbolda shu kabi liga yaratilgan va muxlislar shikoyat qilmayapti. Evroliga Evropa basketbolini qutqardi”, deydi Peres.