«Vilyarreal» prezidenti, taniqli milliarder Fernando Roig Superliga va Peres haqida fikr bildirdi. U ispaniyalik funktsionerni keskin tanqid qilib tashladi.
«Egoist, egoist, va yana egoist. U faqat o'zini va jamoasini o'ylamoqda. Qolgan klublarni saqlab qolish lozim. Superliga proekti - bu fojea.
Klublarga undan tushayotgan daromad qolganlarga nisbatan adolatsizlik bo'ladi. Men La Ligadan hech bir jamoaning chiqarib yuborilishini istamayman. Biz o'zaro ham gaplashdik.
Biroq u hech kimning fikrini inobatga olmadi. Yaqinda "Atletiko" meni harakatga undagandi. Biroq yakunda hech kim meni majlisga chaqirmadi», - deydi Roig.