Madridning «Real» klubi xavbeki Luka Modrich jamoa bilan yangi kelishuvga erishdi.
Bu haqda «qirollik klubi» prezidenti Florentina Peres xabar qiladi. «Modrich yangi shartnomaga imzo chekdi», - deya Peresning so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano. Biroq yangi shartnomaning bandlari hali ommaga to'liq ochiqlanmadi.
Ma'lumot o'rnida shuni qayd etib o'tish mumkinki, Lukaning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi kelishuvi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.