«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres markaziy himoyachi Rafael Varanning yozgi transfer oynasida sotuvga qo'yilishini istisno qilmadi.
«Agar o'yinchilarning biri jamoada qolishni istamasa, biz uning ketishiga to'sqinlik qilmaymiz», - dedi «Qirollik klubi» rahbari.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2022 yilda tugaydi va u hali ham bitimni yangilashdan bosh tortmoqda.
27 yoshli Varan ushbu mavsum «Real» safida 37 uchrashuv o'tkazib, 2 gol urishga muvaffaq bo'lgan.