"Real Madrid" klubi prezidenti va Superliga ta'sischisi Florentino Peres Superliga haqida o'z fikrlarini bildirdi:
"Superliga o'lmagan, ammo kutish rejimida, biz loyiha ustida ishlaymiz. 12 ta ta'sischi klublarning barchasi bir xil shartnomalarni imzoladilar. E'tibor bering, hali hech bir klub Superligani tark etgani uchun tovon to'lamagan. Hali hech kim rasman chiqmagan.
O'ylaymanki, Angliya Premer-ligasidagi oltita klubdan biri bu loyihaga haqiqatan ham ishonmagan edi ... Bu hamma uchun yuqumli narsa bo'ldi. Men juda g'amginman. Balki Superliga loyihasini noto'g'ri talqin qilgandirmiz", - dedi Peres.