Madridning «Real» klubi prezidenti va bo'lajak Superliga rahbari Florentina Peres o'z ligasini tuzish fikridan qaytmoqchi emas.
U matbuotdagi keskin so'zlari bilan klublarni ishontirish yo'lidan boradi. «Futbol hayotning bir qismi. Bu erda ham kichik askarlar va generallar toifalari mavjud.
Turgan gapki, general jamiyatda o'z ulushiga ega. U hech qachon oddiy insonlar bilan bir qatorda sanalmaydi. Shu anoda har kim o'ziga mos libos kiyishi kerak.
Agar buning iloji bo'lmasa odam o'ziga kiyimini moslashtirib olishga majbur. Barchasini TV orqali ham ko'rib turibsiz. Klublar o'rtasidagi tafovut juda katta. Men shunchaki ularga yordam qo'lini cho'zyapman xolos», - deydi Peres.