«Real» prezidenti Florentino Peres himoyachi Serxio Ramosning yangi shartnomasi haqida gapirdi. Bunda rahbariyatning jamoa sardori bilan kelisha olmayotgani a'yon bo'lmoqda.
“Butun muxlislar singari men ham Serxioni hurmat qilaman. Ramos men uchun o'g'lim kabi. Uning shartnomasi uzayishi bo'yicha qo'limdan kelgan barcha ishni qildim. Biroq unga klub imkoniyatidan yuqoriroq maosh bera olmayman.
Hozir vaziyat xuddi shunday. Ramos ham bizning taklifimizdan xabardor. Keyin nima bo'ladi? Mavsum oxirigacha kutishga majburmiz», - deydi Peres.