«Seltik» Joze Mourinoning yangi klubiga aylanishi mumkin, deb xabar beradi The Sun.
Manbaga ko'ra, Shotlandiya klubi rahbariyati «Tottenxem»dan haydalganidan keyin ishsiz qolgan portugaliyalik mutaxassisning nomzodini ko'rib chiqmoqda.
«Seltik» so'nggi 10 yil ichida birinchi marta Shotlandiya chempioni unvonini qo'lga kirita olmadi, shu sababli klub yangi murabbiy izlamoqda.
58 yoshli Mourino bungacha «Benfika», «Leyra», «Portu», «Chelsi», «Inter», «Real» va «Manchester Yunayted» kabi jamoalarda ishlagan.