«Real» PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni ham, «Borussiya D» forvardi Erling Holandni ham sotib olishni rejalashtirmoqda.
AS xabariga ko'ra, madridliklar klubi Mbappe bilan ushbu yozda shartnoma imzolamoqchi, norvegiyalik futbolchini esa 2022 yilning yozida qo'lga kiritmoqchi. Sababi kelasi yili Holandning «Borussiya D» bilan shartnomasida 75 million evrolik tovon puli haqidagi band faollashadi.
«Real» dortmundliklarning Chempionlar Ligasi yo'llanmasiga ega chiqa olishiga umid qilmoqda. Sababi buning aksi bo'lgan taqdirda Erling jamoani tark etishga jiddiy ahd qilgan. Agar bu holat kuzatiladigan bo'lsa, u holda «Real» Mbappe yoki Holanddan birini tanlashiga to'g'ri keladi.
22 yoshli Mbappe Liga 1 joriy mavsumida 28 ta o'yin o'tkazib, 23 ta gol va ettita golli uzatma muallifiga aylandi.
20 yoshli Holand esa Bundesligadagi 24 o'yinda 23 ta gol va beshta assist amalga oshirdi.