COPE nashrining xabar berishicha, Ispaniya La Ligasi «Real», «Barselona» va «Atletiko» klublarini turnirdan chetlashtirmoqchi emas. Garchi ular yangi tashkil etilgan Superliga asoschilari bo'lishsa ham.
Ushbu jamoalar chempionatdagi ishtiroklarini davom ettiraverishadi. La Liga rahbariyati Superliganing rivojlanib ketishiga ishonmayapti. Tashkilotning fikricha Superliga iqtisodiy tarafdan ham uzoqqa bormas ekan. Chunki turnirda JP Morgan bankining kreditidan boshqa hech nima yo'q ekan.