«Reala» prezidenti Florentino Peres Superliga o'yinchilari, UEFA va FIFA tomonidan qo'rqitish bo'lishiga qaramay, Evro-2020 va JCh-2022dan chetlatilmasligiga ishonch bildirdi.
«Superliga klublari o'yinchilari Evro-2020 va jahon chempionatidan chetlatilmaydi. Men bunga kafolat beraman. Ular bunga 100% ishonch hosil qilishlari mumkin. Bundan tashqari, Superliga ishtirokchi-klublari milliy chempionatdan ham haydalishmaydi. Shunchaki, Superliga Chempionlar ligasining o'rnini egallaydi», — deya Peresning so'zlaridan iqtibos keltirdi italiyalik jurnalist Nikolo Skira.