"Umid qilamanki, Messi "Barselona"da qoladi. "Barsa" "Real"ga qarshi o'ynayotganda, butun dunyo to'xtaydi va o'yinni ko'radi", - deydi Peres.
Eslatib o'tamiz, "Barselona"ning yangi prezidenti Joan Laportaning maqsadi - 33 yoshli argentina futbolchini klubda olib qolish.
Messi joriy mavsum "Barselona" libosida 40ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 10ta assist qayd etdi.