"Turnirdan keladigan puldan boshqa daromad bo'lmaganda katta o'yinlarni ko'paytirish istagi paydo bo'ladi va Superliga pandemiya tufayli etkazilgan yo'qotishlarni kamaytirishga yordam beradi. Ko'proq yirik o'yinlarda o'ynash orqali ko'proq pul ishlash imkoniyatini topishimiz kerak.
Hech qanday fitna uyushtirilmadi, Italiya, Angliya va Ispaniyaning yirik klublari hozirgi noqulay vaziyatda biror narsa qilishlari kerak. Birgina "Real"ning o'zi bu mavsumda 400 million evro yo'qotdi.
Bizning hayotimiz rivojlanib borishi bilan futbol ham rivojlanishi kerak. U hayotning mavjud haqiqatlariga moslashishi zarur. Men bu erda ko'p gapirmayman, ammo futbolga bo'lgan qiziqish pasaya boshladi. Auditoriya kamaymoqda, audiovizual huquqlarning ham narxi pasaymoqda.
Futbol - yagona global sport turi. Televidenie o'zgarishi kerak. 16dan 24 yoshgacha bo'lgan insonlar nega ortiq futbolga qiziqish bildirmayotganini tahlil qilish kerak. Ko'p bo'lmagan miqdordagi o'yinlargina boshqa platformalarga qiziqish tufayli etiborni tortmoqda. Biror narsani o'zgartirish kerak.
Xuddi shu narsa o'tgan asrning 50-yillarida sodir bo'lgan. UEFA va FIFA Santyago Bernabeu va Evropa chempionlar Kubogiga qarshi bo'lishgan. O'sha payt u etiborni tortdimi? Kuchli jamoalar o'ynashiga bering. Biz buni futbol manfaati uchun qilamiz.
Ko'rayotganlarning barchasi to'laydi. Aynan shu pul olib keladi. Pul hamma uchun, agar yuqoridagilar pul ishlasa, pul hammaga ketadi, chunki biz futbolchilar xarid qilamiz va bir-birimizga yordam beramiz.
"Sevilya" ham Superligada o'ynashi mumkin. Besh jamoa sport principlari asosida chiqadi. Bu ochiq turnir, yopiq emas. Biz sport principlariga ishonamiz va jamoalar turnirga kirish uchun kurash olib borishadi.
UEFA ham bizni qo'llab-quvvatlashi shart. Agar biz ko'proq ishlasak, bu faqat futbol manfaati uchun bo'ladi. Biz imkon qadar tezroq boshlashni xohlaymiz. FIFA va UEFA bilan barchasini muhokama qilishni rejalashtirganmiz.
UEFA CHempionlar Ligasining yangi formati borasida ishladi, men esa barcha hurmat bilan aytamanki, uni tushunmaganman. Biz futbolni saqlab qolmoqchimiz, futbolni saqlab qolish esa - barchani qutqarish demakdir. Hech kim 200 million evroni yo'qotmaslik uchun kelasi 20 yil tinch o'tsin.
Biz ishlamayotgan modelni o'zgartirmoqchimiz. Hech kim yangi modelni tushunmayaptii, 2024 yilgacha biz "o'lamiz". Klublar millionlab evro yo'qotishadi", - deydi Peres.