«Real Madrid» hamda yangi tashkil etilgan Evropa Superligasi prezidenti Florentino Peres UEFA hamda FIFA tomonidan qo'llanilishi mumkin bo'lgan ehtimoliy sanktsiyalar haqida gapirdi.
«Superliga futbolchilari UEFA milliy jamoalarida o'ynashlariga yo'l qo'yilmaydi? Xavotir olmang, unday bo'lmaydi. Agar ular Superligaga qo'shilsa, boshqa turnirlar doirasida o'ynashlari taqiqlanmaydi.
Shuningdek, «Real», «Manchester Siti» va «Chelsi» jamoalari ham Chempionalr Ligasi yoki o'z milliy chempionatlarida diskvalifikatsiya qilinmaydilar. Men bunga 100% aminman», - deydi Peres.
Eslatib o'tamiz, UEFA Evropa Superligasining tashkil qilinishini keskin qoraladi va tashabbuskori bo'lgan klublar o'z mamlakatlari chempionatlarida o'ynash huquqidan mahrum bo'lishini aytdi.
Bundan tashqari, ushbu jamoalarning futbolchilari milliy terma jamoalarda o'ynay olmasliklarini ma'lum qildi.