«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Superliga yaratilishi haqida gapirdi.
Mersisayd klubi yangi musobaqaning 12 asoschisidan biridir.
«Mening Superligaga bo'lgan munosabatim o'zgarmadi. Bu haqida birinchi marta kecha eshitganman. Qiyin o'yinga tayyorlaniish vaqtida biz bu haqida gazetalardan ko'p bo'lmagan ma'lumot oldik.
Bu qiyin. Odamlar bundan xursand emaslar, men buni tushunaman. Men bu haqida ko'p gapira olmayman, chunki men va futbolchilar bu jarayonga aloqador emasmiz.
Yaqingacha ham biz, na men va na futbolchilar bu haqida hech narsa bilmasdik. Keling, bu ishlar qaerga olib borishini kuzataylik», - dedi Klopp.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilda ham Klopp Evropa Superligasi g'oyasiga qarshi chiqqan edi.
«Umid qilamanki, Superliga bo'lmaydi. Futbol Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasi ko'rinishidagi ajoyib musobaqalarga ega. Men uchun Chempionlar Ligasi har doim bir xil raqiblarga qarshi o'ynamaydigan Superligadir.
Nega biz «Liverpul» ketma-ket o'n yil davomida har yili «Real» bilan o'ynaydigan tizimni yaratishimiz kerak? Kim buni ko'rishni xohlaydi? " - degan edi o'shanda nemis mutaxassisi.