«Real» klubi nima uchun Evropa superligasi musobaqasini tashkil qilishga qaror qilgani haqida bayonot berdi.
«Pandemiya shuni ko'rsatdiki, futbol piramidasining qadrini oshirish va uni qo'llab-quvvatlash uchun yangi strategik nazar va tijoriy yondashuv zarur. So'nggi paytda boshqaruv organlari tomonidan Evropadagi futbol musobaqalarining yangi formati borasida konsultatsiyalar o'tkazildi. Ta'sischi-klublarning fikricha, boshqaruv organlari tomonidan taklif etilgan qarorlar uchrashuvlarni yangi saviyaga ko'tarish va futbol olami uchun qo'shimcha mablag'larga ega bo'lish kabi fundamental muammolarni hal qilmaydi», — deyiladi "Madrid" tarqatgan bayonotda.
Eslatib o'tamiz, 18 aprel kuni kechasi Evropaning 12ta top-klubi — «Milan», «Arsenal», «Atletiko», «Chelsi», «Barselona», «Inter», «Yuventus», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Real» va «Tottenxem» yangi Evropa superligasiga asos solinganini e'lon qilishdi.
UEFA, o'z navbatida, Superligada ishtirok etadigan klublar evrokuboklardan chetlatilishini, uning o'yinchilari esa terma jamoalar safida xalqaro o'yinlarda qatnashishiga ruxsat berilmasligini ma'lum qildi.