«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La liganing 31-turi doirasida bo'lib o'tgan «Xetafe»ga qarshi o'yin (0:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Mariano Dias gol urgan vaziyatda ofsayd bo'lgani haqida
«Men hech narsa deya olmayman. Ofsayd bo'lgan yoki bo'lmaganini hakamlar hal qilishi kerak. Bizga hujumda keskinlik etishmadi.
«Real»dagi jismoniy charchoq haqida
«Bu vaziyatdan chiqib keta olamiz. Mavsum oxirigacha kurashishda davom etamiz. Ruhiy jihatdan ahvolimiz joyida. Yaxshi dam olib, oldinga harakatlanishimiz zarur. Haqiqatan ham ko'p narsalar ro'y bermoqda. Ayni paytda vaziyat shunday.
Bugun bir ochkoni qo'lga kiritdik. O'yinchilarni tabriklayman. To'xtab qolmasligimiz kerak».
«Real» tarbiyalanuvchilari haqida
«Ularning kelajagi porloq. Ular o'ziga ishongan yaxshi futbolchilar. Chust ajoyib o'yin o'tkazdi. Yosh futbolchilar uchun xursandman. Taslim bo'lish — bu mag'lubiyat. Hozir biz uchun eng keraklisi — dam olish.
Mendi va Valverde so'nggi pallada safdan chiqishdi. Antonio Blanko kecha o'yinda ishtirok etgandi, bugun ham yaxshi harakat qildi», – dedi Zidan.