"The New York Times" nashrining yozishicha, klublar allaqachon yangi turnir to'g'risida principial kelishuvga erishishgan va 12 jamoa tasischi maqomini olib, Superligani boshlashni rejalashtirayotganlarga qo'shilish istagini bildirgan.
Gap APLning top-6 klubi, La Liga va A Seriyaning 3 tadan klubi haqida bormoqda: "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Manchester Siti", "Arsenal", "CHelsi", "Tottenxem", "Real Madrid", "Barselona", "Atletiko", "Yuventus", "Milan", "Inter".
SHuningdek, tashabbuskorlar guruhi "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund jamoalarini ham ishontirishga urinib ko'rdi. Lekin, nemis klublari rad javobini berishgan. Ular qita miqyosidagi odatiy musobaqalardan voz kechmaslikka qaror qilishgan.
"Pari Sen-Jermen" ham Superligaga taklif qilingan, ammo klub rozi bo'lmagan. Boisi shundaki, PSJ prezidenti Nossir Al-Xelayfi UEFA direktorlar kengashi tarkibida bor. SHuningdek, u Qatarning "beIN Media Group" telekompaniyasini boshqaradi va CHempionlar Ligasi translyaciya huquqini sotib olish uchun millionlab dollar sarflagan.