«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde bugun bo'lib o'tadigan La liganing 31-turidan o'rin olgan «Xetafe»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
22 yoshli futbolchi koronavirusga chalingan inson bilan bevosita muloqotda bo'lgani uchun kechadan boshlab karantinga olindi. Valverde topshirgan test esa manfiy natija berdi.
Eslatib o'tamiz, "Madrid"ning boshqa tayanch yarim himoyachisi diskvalifikatsiya tufayli bugungi bahsda ishtirok eta olmaydi. Shu tariqa, jamoa yarim himoyasida faqat Kroos, Modrich va Isko qolishdi.