«Real» jamoasida yana bir yo'qotish.
«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde bugun La Liga doirasidagi «Xetafe»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.
22 yoshli xavbek kecha koronavirus bilan kasallangan inson bilan aloqada bo'lgan. Natijada, uning COVID-19ga topshirgan test natijasi manfiy chiqdi va izolyatsiyaga olindi.
Shu tariqa, madridliklar endi «Xetafe» bilan o'yin uchun 15 futbolchi bilan yo'l olishadi.