"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoaning jarohatdan sog'ayib borayotgan himoyachi Dani Karvaxal va yarim himoyachi Eden Azarning ahvoli haqida ma'lumot berdi.
«Azarning ahvoli ancha yaxshi. U jamoa safiga qaytishni istamoqda. Ammo biz shoshilmayapmiz va ehtiyotkor ish tutyapmiz. U va Karvaxal muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishdi. Ularning tiklanishi yaxshi kechmoqda. Bu esa jamoa uchun yaxshi yangilik», — dedi Zidan.
Karvaxal 2 yanvar kuni jarohat olgan bo'lsa, fevral oyida «Valensiya»ga qarshi bo'lib o'tgan bahsda mazkur jarohatni chuqurlashtirib olgan edi.
Azar ham shunga o'xshash holatni boshdan kechirdi. U «Elche»ga qarshi o'yinda jarohatini qaytalab oldi.
Karvaxal ham, Azar ham «Xetafe»ga qarshi o'yin qaydnomasidan o'rin olishmadi.