"Real Madrid"dagi yo'qotishlar hech kimga sir emas. Qo'shimchasiga, ECHL 1/4 finali bahslaridan keyin Valverde, Benzema va Vinisius ham jismonan 100% tayyor emasliklari malum qilingandi.
"Qirollik klubi" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Viktor CHust esa so'nggi hafta davomida to'liq asosiy tarkib vakillari bilan mashg'ulot olib bordi. "Xetafe"ga qarshi bo'lajak uchrashuvda himoya markazida katta ehtimol bilan Militaoga sherik sifatida aynan CHustni ko'rsak ajab emas.
CHempionlik uchun kurashayotgan "Real"ga bunday juftlik pand berib qo'ymasmikin, ertaga tunda bilib olamiz.