"Renn" futbolchisi Eduardo Kamavinga yozgi transferlar oynasida APL klubiga yo'l olishi mumkin.
Marca nashrining xabariga ko'ra, "Arsenal" klubi uni o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda. 18 yoshli futbolchi ham "Renn" jamoasini tark etishni xohlamoqda. Shuningdek, "Real Madrid" ham frantsiyalik yarim himoyachi uchun da'vogar. "Qirollik klubi u uchun Frantsiya klubiga 62 million dollar to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Kamavinga ushbu mavsum Liga 1 doirasida 30 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 1 ta gol va 1 ta assist yozdirib qo'ydi.