"Ha, Mayoral 2019 yildayoq Italiyaga o'tishi mumkin edi. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. "Napoli" Mayoralni o'z safiga qo'shib olish uchun barcha narsani qilgan bo'lsa ham, kelishuvga erisha olmadik. Borxaning kelajakda Neapolda o'ynashini istisno etmayman", - deydi Kamano.
24 yoshli ispaniyalik futbolchi "Roma" safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 14ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, "Roma" Mayoralni "Real"dan ikki mavsumga ijaraga olgan.