«Real» himoyachi Serxio Ramos amaldagi shartnomasini uzaytirmasligi va klubni tark etishini kutmoqda. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.
35 yoshli o'yinchi deyarli 5 oydan beri klub bilan kelishuvga rozi bo'lmayapti va shu sababli «qaymoqranglilar» Ramosda boshqa klublardan yaxshi taklif borligiga ishonmoqda.
Markaziy himoyachining madridliklar bilan shartnomasi ushbu yozda yakunlanadi. Joriy mavsum ispaniyalik La Liganing 15 o'yinida maydonga tushdi.