Madridning «Real» klubi yozgi transferlar uchun mablag' yig'ib olish maqsadida bir qancha o'yinchilarini sotishni rejalashtirmoqda.
Garet Beyl, Marselo va Isko singari yuqori maosh oluvchi futbolchilar klubni erkin agent sifatida tark etishlari mumkin. Shuningdek, sotuvga Alvaro Odriosola, Luka Yovich va Mariano Diaslar ham qo'yiladi.
Shu o'rinda bir nechta futbolchilar: Vinisius Junior, Federiko Valverde, Martin Edegor va Rodrigo Goes har qanday holatda ham sotilmaydi, deya xabar berdi Marca. «Real» mazkur o'yinchilarni klubning kelajakdagi faoliyatida asosiy rol o'ynaydi deb hisoblamoqda.
Shuningdek, jamoa etakchilari hisoblangan Karim Benzema, Tibo Kurtua, Kazemiro va Toni Kroos ham sotilmaydigan o'yinchilar qatoriga kiritilgan.