«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh yozda jamoani tark etishi mumkin.
Futbolchi jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan ancha keskin munosabatda bo'lmoqda. Angliya matbuotining yozishicha, «Liverpul» allaqachon misrlik hujumchiga o'rinbosar topgan.
Agar Saloh jamoadan ketsa, Mersisayd klubi o'zlarining sobiq hujumchisi Luis Suaresni sotib olishga harakat qilib ko'radi. Biroq ayni dam urugvaylik «Atletiko» da ancha sermahsul natijalar ko'rsatmoqda.
Eslatib o'tamiz, Saloh uchun asosiy da'vogarlardan biri - bu Madridning «Real» klubi hisoblanadi.