Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Luka Modrich kelayotgan yozda "qaymoqranglilar"ni tark etmaydigan bo'ldi.
Xorvatiyalik futbolchi klub rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar beradi.
Yangi shartnoma yana bir yil - 2022 yil iyungacha davom etadi. Eslatib o'tamiz, «Real» 30 yoshdan katta futbolchilar bilan atigi bir yillik shartnomalarni imzolashni reja qilmoqda.
Ushbu mavsum 35 yoshli Modrich 40 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol va 6 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.