"El Chiringuito" xabariga ko'ra, futbolchi va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi muzokaralar so'nggi hal qiluvchi bosqichda. "Real"dagilar futbolchining klubi bilan shartnomasini uzaytirmasligiga to'liq ishonch hosil qilgan va shu boisdan unga shartnoma taklif qilishmagan.
Ushbu mavsumda 27 yoshli Varan LaLigada 27 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi. Uning klubi bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar davom etadi.