«Barselona» himoyachisi Jerar Pike La ligadagi hakamlik haqida aytgan fikrlari uchun jazolanmaydigan bo'ldi.
Kataloniyalik futbolchi fevral oyida bergan intervyusida shunday degan edi: «Hakamlarning 85 foizi «Real»ni qo'llab-quvvatlashini sobiq hakam aytgan edi. Ular qanday qilib "Madrid"ga qarshi hushtak chalishlari mumkin?».
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi Pikega nisbatan intizomiy ish ochgan edi, ammo, bugun ma'lum bo'lishicha, ushbu yopilgan. Shu bois, Pike jazoga tortilmaydi.